Masala №13 · Kattalar uchun
Sizda 5 litrli va 3 litrli idish bor. Ularda hech qanday o'lchov belgisi yo'q, suv esa cheksiz. 5 litrli idishda aniq 4 litr suv qoldirish kerak. Eng kamida nechta amal bilan buni qilish mumkin? To'ldirish, bo'shatish va bir idishdan ikkinchisiga quyish — har biri bitta amal deb sanaladi.