Masala №4 · Olimpiada
8x8 shaxmat taxtasidan ikkita QARAMA-QARSHI burchak katagi kesib olindi — 62 ta katak qoldi. Har biri ikkita qo'shni katakni yopadigan 1x2 domino bilan taxtani to'ldirmoqchimiz. Dominolarni yotiq ham, tik ham qo'yish mumkin, lekin ular bir-birining ustiga chiqmasin. Eng ko'pi bilan nechta domino joylashtirish mumkin?