Masala №5 · Kattalar uchun
Ikki poyezd bir-biridan 100 km uzoqlikda, bir-biriga qarab yo'lga chiqdi. Ikkalasining tezligi ham 50 km/soat. Shu payt birinchi poyezdning burnidan pashsha uchib chiqdi va 75 km/soat tezlik bilan ikkinchi poyezd tomon uchdi. Unga yetib borishi bilan darhol orqasiga qaytdi, birinchisiga yetib yana qaytdi — va shu tariqa poyezdlar to'qnashguncha to'xtovsiz uchaverdi. Pashsha jami necha kilometr uchadi? Maslahat: cheksiz qatorni yig'ishga urinmang, bir qatorlik yo'li bor.